30.07.2026
Oqdaryo tumanidagi tibbiy xizmatlar sifati chuqur tahlil qilindi
Mazkur tumanidagi tibbiyot muassasalarida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, davolash jarayonining tashkil etilishi va mavjud imkoniyatlar chuqur o‘rganildi.
Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktorining raqamlashtirish, sun’iy intellekt va umumiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Lutfiyor Abdurahimov hamda Markaz mutaxassisi Akmaljon Yusupov boshchiligidagi ishchi guruh bir qator tibbiyot muassasalarida bo‘lib, ularning kundalik faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
E’tibor, avvalo, aholiga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish sifati, surunkali kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash, skrining tadbirlarini samarali tashkil etish hamda bemorlarni kuzatish tizimiga qaratildi. Shuningdek, tez tibbiy yordam, oilaviy poliklinikalar va shifoxonalar o‘rtasidagi hamkorlik ham joyida baholandi.
O‘rganishlar davomida raqamli texnologiyalarni kengroq joriy etish, elektron tizimlardan unumli foydalanish va tibbiyot muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
Yakunda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, xizmatlar sifatini yaxshilash va aholi uchun yanada qulay hamda samarali tibbiy yordamni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.






Back to the list