03.08.2026
Mo‘ynoq tumanida keng qamrovli tibbiy ko‘rik o‘tkazildi 29–30 iyul kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida aholi salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarni erta aniqlash va profilaktika ishlarini kuchaytirish maqsadida Toshkent viloyatidan jalb etilgan malakali shifokorlar ishtirokida keng qamrovli tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.
Tibbiy ko‘rik davomida 300 nafardan ortiq fuqaro malakali mutaxassislar tomonidan ko‘rikdan o‘tkazildi. Bunda, ayniqsa, endokrin va onkologik kasalliklarni erta bosqichda aniqlashga alohida e’tibor qaratildi. Tekshiruvlar natijasida aniqlangan holatlar bo‘yicha fuqarolarga zarur tavsiyalar berilib, qo‘shimcha tekshiruv va davolanish uchun yo‘nalishlar belgilandi.
Shuningdek, shifokorlar tuman tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar holidan xabar olib, ularga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Tadbir doirasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, endokrin va onkologik kasalliklarning oldini olish, ularning xavf omillari haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Shu bilan birga, mahalliy shifokor va hamshiralar bilan uchrashuvlar tashkil qilinib, zamonaviy tashxis va davolash usullarini amaliyotga keng joriy etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.




Back to the list