07.08.2026
Bulung‘urda tibbiy xizmat sifati va raqamlashtirish jarayonlari o‘rganilmoqda
Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktor o‘rinbosari L. Abdurahimov boshchiligidagi ishchi guruh ayni paytda Bulung‘ur tumanida bo‘lib turibdi.
Tashrif davomida e’tibor faqat bugungi holatni baholash bilan cheklanmayapti. Asosiy maqsad birlamchi tibbiyot bo‘g‘inida kasalliklarni erta aniqlash tizimini kuchaytirish hamda har bir bemorga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda bemorlar marshruti bo’yicha o’rganishlar olib borilmoqda.
Shuningdek, tibbiyot muassasalarida raqamlashtirish jarayonlari, elektron tibbiy hujjatlar bilan ishlash, axborot tizimlaridan samarali foydalanish, bemorlar hisobini yuritish va tibbiy ma’lumotlar bazasining to‘liqligi ham atroflicha o‘rganilmoqda.
Ishchi guruh tomonidan joylarda uchrayotgan muammolarni bevosita o‘rganib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bermoqda.







Back to the list