Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
07.08.2026

Kattaqo‘rg‘on tumanida tibbiy xizmat sifati, mehnat intizomi va raqamlashtirish jarayonlari atroflicha o‘rganildi

Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktor o‘rinbosari L. Abdurahimov boshchiligidagi ishchi guruh dastlab aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmat sifati, birlamchi tibbiyot bo‘g‘inini yanada mustahkamlash, tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish hamda raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish masalalariga e’tibor qaratdi.

Shuningdek, tibbiyot muassasalarida joriy etilgan Face ID tizimi orqali shifokor va tibbiyot xodimlarining ishga o‘z vaqtida kelib-ketishi, mehnat intizomiga rioya etilishi hamda muassasalarning besh kunlik ish tartibiga to‘liq o‘tgani amaliy jihatdan tekshirildi.

Ishchi guruh Feedback tizimi faoliyatiga ham alohida e’tibor qaratdi. Tizim orqali fuqarolar tomonidan shifokor va hamshiralar faoliyati yuzasidan qoldirilayotgan fikr-mulohazalar, murojaatlar va baholar tahlil qilinib, aholining tibbiy xizmatdan qoniqish darajasi o‘rganildi. Bu esa tibbiy xizmat sifatini real baholash va mavjud muammolarni tezkor bartaraf etishda muhim vosita ekani ta’kidlandi.

O‘rganishlar yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, zamonaviy boshqaruv va raqamli yechimlarni keng joriy etish, tibbiy xizmat sifati hamda bemorlar roziligini yanada oshirish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar va amaliy tavsiyalar berildi.


photo_2026-08-07_09-13-36.jpgphoto_2026-08-07_09-13-32.jpgphoto_2026-08-07_09-13-35.jpgphoto_2026-08-07_09-13-31.jpgphoto_2026-08-07_09-13-30.jpgphoto_2026-08-07_09-13-29.jpgphoto_2026-08-07_09-13-28.jpgphoto_2026-08-07_09-13-28.jpgphoto_2026-08-07_09-13-27.jpg

Back to the list