Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
12.08.2026
Raqamli tibbiyot sari amaliy qadam!

Ayni paytda Sog’liqni saqlash vazirligining ishchi guruhi Andijon viloyatida raqamlashtirish, Yagona tibbiyot axborot tizimini samarali yo’lga qo’yish va uning imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish bo‘yicha amaliy ish olib bormoqda.

▫️Mazkur qizg’in jarayonda Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori  o‘rinbosari Lutfiyor Abdurahimov ham faol ishtirok etmoqda.

 Xususan, Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida muassasa rahbariyati, shifokor va hamshiralar bilan amaliy uchrashuv o‘tkazildi. 

Unda Yagona tibbiyot axborot tizimidan foydalanish samaradorligi, tizimning funksional imkoniyatlari, tibbiy jarayonlarini elektron shaklda yuritish hamda mavjud muammolar atroflicha muhokama qilindi.

Ta’kidlash joizki, mazkur ishlar Prezidentimizning 2023-yil 28-dekabrdagi “Sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirishni jadallashtirish hamda ilg‘or raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tibbiyot muassasalarida raqamli texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish, boshqaruv va tibbiy jarayonlarni yanada takomillashtirish hamda raqamlashtirishning amaliy samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Uchrashuv davomida tibbiyot xodimlariga tizim bilan ishlash bo‘yicha amaliy-texnik ko‘mak ko‘rsatilib, aniqlangan muammolarni joyida bartaraf etish yuzasidan tegishli yechimlar belgilandi.

photo_2026-08-11_17-27-53.jpgphoto_2026-08-11_17-27-52.jpgphoto_2026-08-11_17-27-54.jpgphoto_2026-08-11_17-27-55.jpgphoto_2026-08-11_17-27-52 (2).jpg
photo_2026-08-11_17-27-56 (2).jpgphoto_2026-08-11_17-27-56.jpg

Back to the list