14.08.2026
Ayni paytda markaz direktori o‘rinbosari L. Abdurahimov boshchiligidagi ishchi guruh Samarqand viloyati Nurobod tumanida ish olib bormoqda.
▫️O‘rganishlar davomida Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyruq va topshiriqlari ijrosi, patronaj xizmati, oilaviy hamda amaliyotchi shifokorlar faoliyati, aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatish sifati va samaradorligiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, bemorlarni dori vositalari bilan ta’minlashda retsept tizimining ishlashi hamda reimbursatsiya — ayrim dori vositalari xarajatlarining belgilangan tartibda davlat tomonidan qoplab berilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqilmoqda.
O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tushuntirishlar berilib, ularni joyida bartaraf etish, ish jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etish va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.