Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
14.08.2026
Ishchi guruh Ishtixon tumanida

Sog‘liqni saqlash vazirining 3-iyuldagi yig‘ilishdagi topshiriqlari hamda 15-iyuldagi tashrifi bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand viloyatida amaliy o‘rganishlar davom etmoqda.

▫️Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori A. Alimov hamda Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i S. Zayniyev tomonidan tasdiqlangan “Chora-tadbirlar rejasi” doirasida Markaz direktori o‘rinbosari Lutfiyor Abdurahimov  boshchiligidagi ishchi guruh Ishtixon tumani sog‘liqni saqlash bo‘limi va tibbiyot muassasalarida o‘rganish olib bordi.

Tashrif davomida birlamchi tibbiy yordam sifati, bemorlarni yo‘naltirish, 103 xizmati bilan hamkorlik, skrining va bemorlar reyestrini shakllantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, tibbiyot muassasalarini raqamlashtirish, elektron monitoring, davomat va xodimlar ish samaradorligini oshirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash bo‘yicha vazifalar belgilandi.

O‘rganishlardan ko’zlangan asosiy maqsad tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish va aholiga zamonaviy, qulay tibbiy yordam ko‘rsatishdan iboratdir.

photo_2026-08-13_09-48-53.jpgphoto_2026-08-13_09-48-56.jpgphoto_2026-08-13_09-48-54 (2).jpgphoto_2026-08-13_09-48-54.jpgphoto_2026-08-13_09-48-57.jpgphoto_2026-08-13_09-48-53 (2).jpgphoto_2026-08-13_09-48-52.jpgphoto_2026-08-13_09-48-51.jpg

Back to the list