14.08.2026
Keyingi manzil Narpay tumani!
Har qanday sohada erishilgan natija qog‘ozda emas, amalda ko‘rinadi. Xususan, tibbiyot sohasida ham.
Ana shu maqsadda bir necha oydan beri Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori o’rinvosari L. Abdurahimov boshchiligidagi ishchi guruh Samarqand viloyatida bo’lib, bu borada amaliy o’rganish olib bormoqda.
Navbat Narpay tumaniga yetib keldi.
Bu yerda aholiga yaratilgan sharoit, tibbiy xizmatning amaldagi sifati va mavjud imkoniyatlarni amalga joriy etish samaradorligi atroflicha tahlil qilinmoqda.
Joylardagi holat bilan bevosita tanishish asnosida mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimini joyida belgilashga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.
Ayniqsa, zamonaviy boshqaruv vositalaridan foydalanish, tibbiyot xodimlarining mas’uliyati, bemorlarning fikri va aholining tibbiy xizmatdan qoniqish darajasi muhim mezon sifatida ko‘rilmoqda.
Maqsad bitta. Tizimdagi har bir o‘zgarish bemorga yetib borishi, har bir xizmat esa aholining ishonchi va roziligida aks etishi zarur.
Ishchi guruhning Samarqand viloyatidagi o‘rganishlari davom etmoqda.







Back to the list