Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
14.08.2026
Tibbiyotda natija faqat raqamlar bilan emas, bemorning mamnunligi, shifokorning mas’uliyati va o‘z vaqtida ko‘rsatilgan yordam bilan baholanadi. 

Paxtachi tumanida L. Abdurahimov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar ham aynan shu mezonlar asosida olib borildi.

Ishchi guruh tomonidan tibbiyot muassasalaridagi kundalik ish jarayoni, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmat sifati, patronaj va oilaviy shifokorlar faoliyati, topshiriqlar ijrosi hamda mavjud imkoniyatlardan foydalanish holati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida yutuqlar bilan birga, yechimini kutayotgan masalalar ham ochiq-oydin muhokama qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriq va tavsiyalar berildi.

Zero, zamonaviy tibbiyot muassasasining faoloyatigi haqiqiy bahoni faqat bino va zamonaviy jihozlarga qarab emas, balki eshigidan kirgan bemorning o‘z vaqtida, sifatli va e’tibor bilan tibbiy yordam olishiga qarab beriladi. 

Paxtachidagi o‘rganishlar ham ana shu mezon asosida ya’ni aholiga yanada yaqin, sifatli va samarali tibbiy xizmatni yo‘lga qo‘yish jihatdan o’rganildi.

photo_2026-08-14_09-25-22.jpgphoto_2026-08-14_09-25-22 (2).jpgphoto_2026-08-14_09-25-23.jpgphoto_2026-08-14_09-25-24.jpgphoto_2026-08-14_09-25-25.jpgphoto_2026-08-14_09-25-26.jpgphoto_2026-08-14_09-25-27.jpgphoto_2026-08-14_09-25-28.jpgphoto_2026-08-14_09-25-29.jpgphoto_2026-08-14_09-25-30.jpg

Back to the list