Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (08-00dan : 16-00gacha)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)

"Botulaks" botulinum 02.03.2021 Janubiy Koreyaning "Нugel" kompaniyasi O'zbekiston xalqiga ba'zi bir asab kasalliklarini davolash uchun "Botulaks" botulinum toksinini tayyorlashni bepul taqdim etadi.
Muolaja Koreyada o'qitilgan neyroxirurglar tomonidan amalga oshiriladi.
Muolajaga ko'rsatmalar:
1. Migren.
2. Klaster bosh og'rig'i.
3. Gemifasiyal spazm.
4. Nevralgiyaning ayrim turlari.
5. Tana mushaklarining kontrakturalari.
6. Tana mushaklarining spazmlari.
7. Surunkali og'riq sindromlari.
8. Nevrit va neyropatiyaning oqibatlari.
9. Mushak distoniyasining ayrim turlari.
10. Gipergidroz.
11. Miya falajining ayrim turlari.

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar:
1. Homiladorlik va emizish davri;
2. In'ektsiya sohasidagi infektsiyalar va yallig'lanishlar;
3. Isitma;
4. Botulin toksiniga va / yoki unga individual yuqori sezuvchanlik;
5. Oqsilga allergiya;
6. Qon ivishining buzilishi (gemofiliya).

Ko'rsatkichlarni aniqlash uchun mutaxassis tekshiruvi talab qilinadi.
Mutaxassis tomonidan tekshiruv va muolajaning o'zi alohida to'lanadi.
Miya falajiga chalingan bolalar uchun muolaja bepul.
+ 998 90 950 96 80 Muxammedaminov Baxtiyor Shuhratovich
+ 998 99 815 88 88 Abdullaev Botir Erkinovich

Endokrinologiya markazi, konsultativ poliklinika.

Back to the list