16.09.2026
14.09.2026-yil
SEMINAR-TRENING O‘TKAZILDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-yanvardagi “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-102-son qarori hamda RIEIATMning 2026-yilgi samaradorlik yo‘l xaritasida belgilangan vazifalarning amaliy ijrosini ta’minlash maqsadida, RIEIATM Namangan filiali mutaxassislari E. Isroiljonov va X. Jalilov tomonidan 2026-yil 14-sentabr kuni Yangiqo‘rg‘on tumanidagi barcha tibbiy brigadalar a’zolari uchun seminar-trening o‘tkazildi.
Seminar-trening davomida quyidagi 6 turdagi nozologiyalar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi:
1. 1-tur qandli diabet
2. 2-tur qandli diabet
3. Qandsiz diabet
4. Qalqonsimon bez kasalliklari
5. Semizlik
6. Diabetik ketoatsidoz
Ishtirokchilar
Seminar-treningda jami 301 nafar tibbiy brigada a’zosi ishtirok etdi:
• 75 nafar — oilaviy shifokorlar
• 226 nafar — amaliyot hamshiralari va patronaj hamshiralari
Seminar davomida ishtirokchilarga yuqoridagi nozologiyalarni erta aniqlash, tashxislash, davolash, profilaktika qilish va dispanser kuzatuviga olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, har bir kasallik bo‘yicha qadamma-qadam bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar ketma-ketligi batafsil yoritib berildi.







Back to the list