17.09.2026
L. Abdurahimov boshchiligidagi ishchi guruh Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi Samarqand filialida bo‘lib, bu yerda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida tibbiyot xodimlari, jumladan, hamshiralarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash jarayonlari, o‘quv mashg‘ulotlarining tashkil etilishi hamda ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.
Alohida e’tibor simulyatsion xonalarda amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish masalasiga qaratildi. Bunday mashg‘ulotlar orqali tibbiyot xodimlarining nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlash, zamonaviy tibbiy uskunalardan to‘g‘ri foydalanish va turli klinik vaziyatlarda tezkor harakat qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganildi.
Shuningdek, filialning moddiy-texnik bazasi, o‘quv xonalari, mashg‘ulotlar sifati, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda belgilangan topshiriqlar ijrosi holati tahlil qilindi.
Video: