Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (08-00dan : 16-00gacha)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)

Salomatlik aksiyasi! 15.04.2021

Salomatlik aksiyasi mamlakat bo`ylab quloch yozmoqda:endigi navbad Samarqand viloyati!

So‘nggi yillar tibbiyot sohasida ulkan islohotlar davri sifatida muhrlanmoqda. Yurtimiz sog‘liqni saqlash tizimida aholiga ixtisoslashgan tibbiy xizmatni yaqinlashtirish, tibbiy madaniyatni oshirish, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, sanitariya-gigiena sohasidagi ishlarni yanada kuchaytirish, homilador ayollarni asrab-avaylash, ayniqsa, aholiga mahallabay tibbiy xizmat ko‘rsatish masalalariga jiddiy e'tibor qaratilmoqda.

Namangan, Surxondaryo va Toshkent viloyatlaridan boshlangan va Samarqand viloyatida davom etayotgan ushbu aksiya mintaqalarda sog'liqni saqlash sohasidagi islohotlarning amalga oshirilishini o'rganishga, "temir kitob" ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj odamlarga yuqori texnologik zamonaviy tibbiy yordam ko'rsatishga qaratilgan.

Shunday qilib, 2021 yil 11 aprel kunidan aksiya Samarqand viloyatiga sekin asta kirib bordi. Akademik Yа. To'raqulov nomidagi RIIAETM mutaxassislari jamoasi professor Haydarova F.A. boshchiligida ko’riklarni boshlaganlar. Ko'rikda endokrinologlar, qandli diabetning yiringli asoratlari bo'yicha jarrohlar, endokrin jarrohlar va andorolog-urologlar kabi tor mutaxassislar ishtirok etadilar. Tekshiruvlarga nafaqat nazorat va profilaktika, balki yanada murakkab konsultatsiyalar va protseduralar - qalqonsimon bez patologiyasiga jarrohlik, tugunli buqoq uchun qalqonsimon bezdagi biopsiya, bepushtlik, qandli diabet bo‘yicha fikr-mulohazalar bilan almashish, sog'lom turmush tarzi omillarini o’rgatish kiradi.

Hammasi bo'lib 15 ta mahalla fuqarolar yig'inida 339 xonadonda 373 nafar fuqaro ko'rikdan o'tkazildi. Ularda kasallik aniqlangan 180 nafariga ambulator sharoitda davolanish, 119 nafariga statsionar sharoitda viloyat tibbiyot muassasalariga hamda 6 nafariga Respublika tibbiyot mussasalariga davolanish uchun yo'llanma berildi.

Aksiyaning o'tkazilishi to'g'risida qo'shimcha ma'lumotlar kelgusi yangiliklarda e'lon qilinadi.


Back to the list