Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (08-00dan : 16-00gacha)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)

Uchtepa tumani fuqarolarida "DIABET OLDI" darajasini aniqlash 15.04.2021

Uchtepa tumani fuqarolarida "DIABET OLDI" darajasini aniqlash , 40 yoshdan kattalarda uglevod almashinuvini buzililishini erta aniqlash hamda bir qator buyruqlar ijrosini ta`minlash maqsadida skrining ishlari olib borilmoqda.

Endokrinologiya Markazi mutaxassislari va Uchtepa tuman tibbiyot birlashmasi 25-oilaviy poliklinika tibbiyot xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 12 apreldagi "2019-2021 yillarda respublika aholisiga endokrinologiya yordami ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida"gi PQ-4295-sonli, 2020 yil 12 noyabrdagi "Tibbiy profilaktika ishlari samaradorligini yanada oshirish orqali jamoat salomatligini ta'minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 4891- sonli, Toshkent shahar xokimining 2020 yil 22 dekabrdagi "Tibbiy yordam ko‘rsatishni  yaxshilash xaqida"gi 1202- sonli qarorlari ijrosini ta'minlash hamda axoli o‘rtasida qandli diabetning rivojlanishini oldini olish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish, fuqarolarda "diabet oldi" darajasini aniqlash, 40 yoshdan kattalarda uglevod almashinuvini buzilishini erta aniqlash hamda Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasining 2021 yil 3 apreldagi 90 - sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida  skrining ishlari olib borilmoqda.

Xuddi shunday tadbirlar tumanning boshqa oilaviy poliklinikalarida ham o'tkazilmoqda.

Masalan, 62 -sonli oilaviy poliklinikaning patronaj hamshiralari 40 yoshdan oshgan axoli o‘rtasida uglevod almashinuvining buzilishini erta aniqlash maqsadida fuqarolarning uylariga borib glyukometr yordamida qondagi qand miqdorini aniqlashmoqda.

Back to the list