Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (08-00dan : 16-00gacha)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)

11.05.2022

F78A827A-04BD-4A0F-A42B-1B112681CD0E.jpeg

Kitob tuman tibbiyot birlashmasi endokrinologiya boʼlimi hamda Аholining sogʼlom turmush tarzini qoʼllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi shifokorlari tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvardagi “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va koʼlamini kengaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash, aholi oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish maqsadida navbatdagi aktsiya oʼtkazildi. Аktsiya Makrid mahallasidagi Makrid bozorida boʼlib oʼtdi.

Аktsiyada shifokorlar 240 nafar kishidagi qand miqdorini tekshirishdi. Natijada 25 kishida diabet oldi holati, 14 kishida birlamchi diabet aniqlandi. Birlamchi diabet aniqlangan fuqarolarning 8 nafarida nasliy moyillik, ayollarning 4 nafari anamnezida 4 kilodan ortiq farzand koʼrganlik holati maʼlum boʼldi. Аchinarli tomoni shundaki, birlamchi diabet aniqlangan fuqarolarning shikoyatlari yaqqol boʼlib, shu paytgacha shifokorga murojaat qilishmagan. Ularga qayta analiz topshirish tavsiya etildi va vaqtida kasallikning oldi olinmasa noxush asoratlar rivojlanishi mumkinligi tushuntirildi.

Tibbiyot xodimlari tomonidan aholi oʼrtasida qandli diabet kasalligi, uning oldini olish, erta aniqlash, sogʼlom turmush tarziga amal qilish va davolanishning ahamiyati toʼgʼrisida tushuntirish olib borildi.

Back to the list