Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (08-00dan : 16-00gacha)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)

16.05.2022

D30E77AB-0303-4868-86D0-CDF5C015D176.jpeg

“Salomatlik – tuman boylik” deyishadi dono xalqimiz. Respublikamizda bevosita davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tibbiyot sohasini isloh qilish maqsadida amalga oshirilayotgan keng koʼlamli islohotlar “Inson qadri uchun” degan tamoyilning amaldagi isbotidir.
Soʼx tumaniga vatanimiz poytaxti Toshkent shahridan tashrif buyurgan Respublika endokrinologiya markazi diektori, tibbiyot fanlari doktori, oliy toifali shifokor Turaev Feruz Fathullaevich ishtirokida tumanimiz hududlarida “Temir daftar”, “Аyollar daftari”, ”Yoshlar daftari” ruyxatidagi bemorlar bilan manzilli ishlar olib borilmoqda.

Yaʼni oliy toifali shifokor bevosita tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusaev va boshqa mutasaddi idoralar vakillari ishtirokida har bir xonadonga kirib borib, bemorlar bilan muloqot qilmoqda va ularga kerakli tibbiy maslahatlar berish bilan birga ularga hayot uchun, yashash uchun oʼziga xos motivatsiya ham ulashmoqda.

68940275-27D9-41D5-8B1F-CC58CB9DC2FD.jpeg

Hushyor mahalla fuqarlar yigʼinidagi OShP, tuman markaziy poliklinikasida bemorlarni qabul qilgan Respublika endokrinologiya markazi direktori Soʼx tumanining tabiati koʼpgina xastaliklar uchun shifo manbai ekanligini taʼkidlagan Feruz Turaev tumandagi bunday imkoniyatlardan samarali foydalanish va tumanga koʼproq turistlar va sayyohlarni jalb etish kunning asosiy masalasi boʼlishi lozimlgini qayd etdi.

Yoshi ulugʼ insonlar qabulida boʼlgan oliy toifali shifokor tuman uzoq umr koʼruvchi insonlar maskani ekanligini ham alohida taʼkidladi.

Back to the list