23.05.2022
RIIАT Endokrinologiya Markazi hodimi t.f.n. Аzimova Sh.Sh. ishtirokida joriy yilning 12 – 14 may kunlari Xorazm viloyatida 102-PP Qarorlarining bandlari asosida, aholiga endokrin kasalliklarni tashhislash va davolash ishlarida amaliy yerdam: tibbiy koʼrik, hamda kadrlar malakasini oshirish maksadida maʼruzalar va maxorat darslari oʼtkazildi.
Shu bilan birga, bolalarda kam uchraydigan orfan kasalliklarni tashhislash va davolash boʼyicha oʼquv trening kurslari tashkillashtirildi. Bu oʼquv dasturlari asosida barcha viloyatlar endokrin tizimida jaxon standartlari asosida bolalar endokrin kasalliklarini erta tashxislash va davolash ishlarini yoʼlga qoʼyish va bemorlarga yashash hududlarida yuqori texnologik tashhislash va davolash ishlarini olib borishdir. Shunday kasalliklardan biri past boʼylik boʼlib, oʼz ichiga turli sababli pastboʼy holatlarini oʼz ichiga oladi (jumladan, irsiy kasalliklar xam). Faqatgina stimulyatsion sinamalargina toʼgʼri tashhis qoʼyishga yerdam beradi va davolanish xarajatlarining maqsadli sarflanishiga asos boʼladi.
Oʼtkazilgan mahorat darslari bemorlarni oʼz hududlarida chuqurlashtirilgan xalqaro standartlarga mos diagnostika qilish va mahalliy kadrlar malakasi va amaliy koʼnikmasining oshishiga yerdam beradi.
Back to the list