22.05.2022
Oʼzbekistonda soʼnggi yillarda aholiga tibbiy, shu jumladan, endokrinologik xizmat koʼrsatish sohasida katta oʼzgarishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, endokrinologiya xizmatini respublika boʼyicha yagona integratsiyalashgan tizim sifatida shakllantirish, yod yetishmovchiligi bilan bogʼliq kasalliklar profilaktikasi, qandli diabet kasalligi hamda uning oqibatlarining oldini olish bilan bogʼliq tibbiy-ijtimoiy tadbirlar samaradorligini qayta koʼrib chiqish talab etilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvardagi «Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va koʼlamini kengaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida» PQ-102-son qarori ilovasi 2022 — 2024 yillarda respublika aholisiga endokrinologiya yordami koʼrsatishni rivojlantirish dasturining 10- bandida uyushgan aholi (maktabgacha taʼlim muassasalari, maktab, litsey, kollejlar) va uyushmagan bolalarda endokrin kasalliklarni erta aniqlash boʼyicha birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasi oilaviy shifokorlari tomonidan skrining tadbirlarini (yod tanqisligi holatlari, ortiqcha vazn, pastboʼylik, jinsiy rivojlanishning buzilishi va boshqalar) bosqichma-bosqich amalga oshirish belgilangan. Ushbu qarorni ijrosi boʼyicha akademik Y.X.Turakulov nomidagi RIEIАTM xodimlari tomonidan 2022 yil 21 may kuni Korakolpogiston Respublikasi Muynak tumanida bolalar va oʼsmirlar tibbiy koʼrikdan oʼtkazildi va qarorda belgilangan yoʼnalishlar boʼyicha skrining tekshiruvlari amalga oshirildi. Bolalarda yod tanqisligi holatlari, ortiqcha vazn, pastboʼylik, jinsiy rivojlanishning buzilishi va boshqa endokrin kasalliklar boʼyicha tibbiy koʼrikdan oʼtkazildi, yod miqdorini aniqlash maqsadida bolalardan peshob yigʼildi, shuningdek aynan shu muassasa oshxonasida ishlatiladigan tuzdan tarkibidagi yod miqdorini aniqlash uchun namunalar olindi.
UzR SSV bosh pediatr endokrinologi, t.f.n., Y.X.Turakulov nomidagi RIEIАTM “Bolalar endokrinologiyasi” ilmiy bulimi raxbari Nasiba Usmanovna Аlimova tomonidan, Muynak tumanidagi kandli diabet 1 turi bilan xastalangan bolalar va usmirlar konsultatsiya kilindi va maxalliy endokrinolog shifokorlarga maxorat darslari utildi.
Back to the list