25.05.2022
Azizlar, biz to‘g‘ri ovqatlanishning afzalliklari haqidagi sahifamizni davom ettiramiz.
Biz salomatligingiz to‘g‘risida doim qayg‘urish kerakligi hamda organizmning yetarli miqdorda foydali elementlar va vitaminlarni qabul qilishini nazorat qilish muhimligi haqida koʻp bora aytganmiz.
Bugun Akademik Toʻraqulov Y.X. nomidagi Respublika Ixtisoslashtirilgan Ilmiy-Amaliy Endokrinologiya Tibbiyot Markazi (Endokrinologiya Markazi) boʻlim boshligʻi, tibbiyot fanlari nomzodi, dietolog — Xodjayeva Nodira Vohidovna bilan birgalikda ajoyib xususiyatlarga boy mazali meva — apelsin haqida soʻz yuritamiz
Apelsin, boshqa sitrus mevalar singari C vitamiga boy manba hisoblanadi. 100 g meva tarkibida 48,5 mg C vitamini bor boʻlib, u kunlik me'yorning 81%ini tashkil etadi.
Apelsin shuningdek kalsiy, kaliy, fosfor, magniy va selen moddalariga ham boy, ushbu minerallarning barchasi suyakni mustahkamlashda, yurak ritmini nazorat qilishda hamda organizmdagi suv miqdorini me'yorlashtirishda koʻmaklashadi
Shunga qaramay, 100 g meva bor-yoʻgʻi 49 kkal kaloriyani tashkil etibgina qolmay, kaloriyaning asosiy qismini uglevodlar hosil qiladi. Tarkibida shakar boʻlishiga qaramay, apelsinlar past darajali glisemik indeksiga (GI) ega – 31 dan 51 donagacha. Muhim tomoni shundaki, sitrus mevalar polifenol va tolalarga boy boʻlib, ular qondagi qand miqdori oshib ketishini oldini oladilar
Yuqorida sanab oʻtilganlarni umumlashtirganda, apelsinning qanday foydali xususiyatlarini koʻrishimiz mumkin?
immun tizimini mustahkamlaydi;
bolalar organlari normal oʻsishini ta'minlaydi;
tish va suyaklar rivojlanishida tayanch boʻladi;
koʻz nurini yaxshilaydi;
tanani sogʻlom saqlaydi;
apelsin sharbati charchoqni chiqaradi
va yana koʻplab boshqa xususiyatlarga ega!
Korzinkalarimizda mazali hamda foydali apelsinlarni hoziroq xarid qilishingiz mumkin
Apelsin — 21 990 soʻm / 1 kg
Sahifamizni kuzatib boring, foydali mahsulotlar haqida koʻproq ma'lumotlarga ega boʻling va sogʻlom boʻling, azizlar!
#SogʻlomOvqatlanish