Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (08-00dan : 16-00gacha)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)

31.05.2022 Azizlar, biz to‘g‘ri ovqatlanishning afzalliklari haqidagi sahifamizni davom ettiramiz.

Biz salomatligingiz to‘g‘risida doim qayg‘urish kerakligi hamda organizmning yetarli miqdorda foydali elementlar va vitaminlarni qabul qilishini nazorat qilish muhimligi haqida koʻp bora aytganmiz.

Bugun Akademik Toʻraqulov Y.X. nomidagi Respublika Ixtisoslashtirilgan Ilmiy-Amaliy Endokrinologiya Tibbiyot Markazi (Endokrinologiya Markazi) boʻlim boshligʻi, tibbiyot fanlari nomzodi, dietolog — Xodjayeva Nodira Vohidovna bilan birgalikda organizm uchun eng kerakli mahsulotlardan biri — qarsildoq non haqida aytib beramiz

Biz uchun odatiy boʻlgan nonni qarsildoq nonga almashtirishga nima deysiz? Axir uning tarkibida murakkab tuzilmali uglevodlar, foydali tolalar va B guruhi vitaminlari talaygina. Qarsildoq nonlar bilan qilingan toʻyimli nonushtadan soʻng siz uzoq vaqt davomida ochlikni sezmaysiz

100 g mahsulot tarkibida 300 kkal mavjud. Bundan tashqari qarsildoq nonlar donli ekinlar hamda fosfor, natriy, kalsiy, magniy va temir kabi mikroelementlarni ham oʻz ichiga oladi

Past koʻrsatkichli glikemik indeksga egaligi bois, u ozish va parhez tutishda sizga ajoyib yordamchi boʻladi. Kuniga 3-4 dona qarsildoq nonni mayin pishloq, sabzavotlar, tvorog yoki yogurt bilan iste'mol qilishning oʻzi yetarli. Uning ajoyib ta'mi sizning koʻnglingizga manzur boʻlishiga ishonchimiz komil.

Qarsildoq nonlar yana qanday foydali xususiyatlarga ega?
mahsulotlar almashinuvini yaxshilaydi;
asab tizimiga ijobiy ta'sir koʻrsatadi;
qon bosimini normallashtiradi;
oshqozon-ichak kasalliklari profilaktikasida yordam beradi;
xolesterin miqdorini kamaytiradi

va yana koʻplab boshqa xususiyatlarga ega!

Korzinkalarimizda mazali hamda foydali qarsildoq nonlarni xarid qiling hamda sogʻlom hayotga ilk qadamingizni qoʻying

"Щедрые"qarsildoq nonlari — 9 990 so‘m / 200 g;
"Щедрые" Borodinskiye qarsildoq nonlari — 10 990 so‘m / 200 g,

Sahifalarimizni kuzatib boring, foydali mahsulotlar haqida koʻproq ma'lumotlarga ega boʻling va salomat boʻling, azizlar!

#SogʻlomOvqatlanish

Back to the list