Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
06.06.2022

DF33AA67-2FA3-4B5A-B3D8-17D2A68B21E0.jpeg

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvardagi «Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va koʼlamini kengaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida» PQ-102-son qarori ilovasi 2022 — 2024 yillarda respublika aholisiga endokrinologiya yordami koʼrsatishni rivojlantirish dasturining 10- bandida uyushgan aholi (maktabgacha taʼlim muassasalari, maktab, litsey, kollejlar) va uyushmagan bolalarda endokrin kasalliklarni erta aniqlash boʼyicha birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasi oilaviy shifokorlari tomonidan skrining tadbirlarini (yod tanqisligi holatlari, ortiqcha vazn, pastboʼylik, jinsiy rivojlanishning buzilishi va boshqalar) bosqichma-bosqich amalga oshirish belgilangan. Ushbu qarorni ijrosi boʼyicha akademik Y.X.Turakulov nomidagi RIEIАTM xodimlari tomonidan 2022 yil 3 iyun kuni Jizzax viloyatida bolalar va oʼsmirlar tibbiy koʼrikdan oʼtkazildi va qarorda belgilangan yoʼnalishlar boʼyicha skrining tekshiruvlari amalga oshirildi. Bolalarda yod tanqisligi holatlari, ortiqcha vazn, pastboʼylik, jinsiy rivojlanishning buzilishi va boshqa endokrin kasalliklar boʼyicha tibbiy koʼrikdan oʼtkazildi

Umumiy amaliyot vrachlari va hamshiralar uchun Akademik Y.X. To‘raqulov nomidagi RIEIATM yetakchi xodimlari (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh endokrinologi, professor Xaydarova F.A, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh pediatriya endokrinologi, t.f.n. Alimova N.U, t.f.n. Sadikova A.S.) tomonidan yod tanqisligi, semirish, prediabetning oldini olish bo‘yicha ma’ruzalar o‘qildi va suhbatlar o‘tkazildi.

Shuningdek, Jizzax davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi bosh endokrinologi, t.f.d. professor Xaydarova F.A. bo‘lajak o‘qituvchilar uchun yod tanqisligi va semirish bo‘yicha ma’ruzalar o‘qib, talabalar va kichik tibbiyot xodimlarini skriningdan o‘tkazdi.

Video: 

Back to the list