Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (08-00dan : 16-00gacha)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)

07.06.2022
Azizlar, biz to‘g‘ri ovqatlanishning afzalliklari haqidagi sahifamizni davom ettiramiz.

Biz salomatligingiz to‘g‘risida doim qayg‘urish kerakligi hamda organizmning yetarli miqdorda foydali elementlar va vitaminlarni qabul qilishini nazorat qilish muhimligi haqida koʻp bora aytganmiz.

Bugun Akademik Toʻraqulov Y.X. nomidagi Respublika Ixtisoslashtirilgan Ilmiy-Amaliy Endokrinologiya Tibbiyot Markazi (Endokrinologiya Markazi) boʻlim boshligʻi, tibbiyot fanlari nomzodi, dietolog — Xodjayeva Nodira Vohidovna bilan birgalikda milliy taomlarimizni tayyorlashda eng sevimli masalliqlarimizdan biri bo‘lmish bulg‘or qalampiri haqida so‘zlashamiz

Shirin bulg‘or qalampiri tarkibida C vitaminining miqdori siz bilgan limon tarkibidagi miqdordan ko‘proqligini bilasizmi?  Ushbu mazali sabzavotning bor-yo‘g‘i 40 grammi C vitaminining kunlik me'yorini to‘liq qondiradi.

Shuningdek, bulg‘or qalampiri tarkibida kalsiy, kaliy, fosfor, natriy va yod moddalari bisyor. Ushbu mineral birikmalar tomir devorlarini mustahkamlashga, ko‘z nuri, xotira, teri sifatini yaxshilashga hamda sochlar o‘sishiga yordam beradi

Bu mahsulotning kaloriyaviyligi 100 grammda 17 kkalni tashkil etadi. Aynan shu sababli ham kelishgan qomatga erishishga intilayotganlar uchun ko‘proq bulg‘or qalampirini iste'mol qilishlarini maslahat beramiz. Tolalarning yuqori konsentratsiyasi ovqat hazm qilish tizimidagi kasalliklarni yengishda yordam beradi  Bulg‘or qalampirining noodatiy ta'miga kelsak, buning barchasi Kapsaitsin alkaloidining xizmatidir. U oshqozon va oshqozon osti bezi faoliyatini yaxshilaydi  

Shirin bulg‘or qalampiri yana qanday xususiyatlarga ega?
holsizlik va uyqusizlikni yengishda yordam beradi;
qonni suyultiradi va arterial qon bosimini normallashtiradi;
diqqatni to‘plash va miya faoliyatini faollashtiradi;
oshqozon faoliyatini yaxshilaydi;
asab tizimini mustahkamlaydi
va yana koʻplab boshqa xususiyatlarga ega!

Korzinkalarimizda mazali hamda foydali bulgʻor qalampirini xarid qiling hamda sogʻlom hayotga ilk qadamingizni qoʻying

Bulgʻor qalampiri (oq) — 13 990 soʻm / 1 kg.

Sahifalarimizni kuzatib boring, foydali mahsulotlar haqida koʻproq ma'lumotlarga ega boʻling va salomat boʻling, azizlar!

#SogʻlomOvqatlanish

Back to the list