Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (08-00dan : 16-00gacha)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)

16.06.2022

0997F63B-D90E-4992-8C84-2C731CA46205.jpeg

Akademik Y.X. To‘raqulov nomidagi RIEIATM rahbariyati Namangan viloyat endokrinologiya dispanseriga tashrifi davomida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Iminov Abdilhodi Muhiddinovich va dispanser xodimlari bilan uchrashdi. O‘zbekiston Respublikasida prediabet va qandli diabetning tarqalishi muammolariga bag‘ishlangan ma’ruza qilindi. Shuningdek, tumanlar kuratorlari uchun viloyat endokrinologik dispanserida prediabet, qandli diabet va semirishni aniqlash bo‘yicha aholini skriningdan o‘tkazish bo‘yicha mahorat master-klass o‘tkazildi. Yangiqo‘rg‘on tumani “Zarbdor” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 62-oilaviy poliklinikada 40 yoshdan oshgan shaxslar skrining tekshiruvidan o‘tkazildi. Skrining davomida 71 nafar fuqaro ko‘rikdan o‘tkazildi, shundan 61 nafari qabulga, 10 nafari uyga tashrif buyurgan. 71 nafar fuqaroning 3 nafarida (4,2%) 2-toifa qandli diabet aniqlangan va ularga maslahat va tavsiyalar berilgan. Hammasi inson qadri uchun.

Back to the list