13.06.2022
RIEIATM rahbariyati Buxoro shahriga tashrifi doirasida akademik Y.X. To‘raqulov nomidagi RIEIATM va Buxoro tibbiyot instituti o‘rtasida “O‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum” imzolandi. Bitiruvchi talabalar, magistrlar va klinik ordinatorlar uchun O‘zbekiston Respublikasida qandli diabet va yod tanqisligining tarqalishi muammolari bo‘yicha ma’ruzalar qilindi. Shuningdek, Buxoro viloyat endokrinologiya dispanserida RIEIATM mutaxassislari tomonidan tumanlar kuratorlari uchun aholini qandli diabet, semizlik va yod tanqisligi skriningidan o‘tkazish bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi. Shuningdek, tashrif davomida Buxoro viloyati endokrinologiya dispanserining yangi binosi qurilishi bilan tanishildi. Hammasi inson qadri uchun.
Back to the list