17.06.2022
“Oylaviy tibbiyot” yoʼnalishida tahsil olayotgan talabalar, magistrlar va klinik ordinatorlar uchun Oʼzbekiston Respublikasida qandli diabet va yod tanqisligining tarqalishi muammolari boʼyicha maʼruzalar qilindi. Endokrinologiya kafedrasi xodimlari oʼrtasida prediabet va qandli diabet skriningi boʼyicha mahorat darsi boʼlib oʼtdi. Shuningdek, Аndijon viloyat endokrinologiya dispanserida RIEIATM mutaxassislari tomonidan tumanlar kuratorlari uchun aholini qandli diabet, prediabet, semizlik va yod tanqisligi skriningidan oʼtkazish, endokrin kasalliklar registri bilan ishlash boʼyicha mahorat darsi oʼtkazildi (Yoʼldosheva F.Z), endokrin kasalliklarga chalingan bemorlarga konsultatsiyalar oʼtkazildi (Oʼzbekiston Respublikasi bosh pediatriya endokrinologi, tibbiyot fanlari nomzodi Alimova N.U.). Hammasi inson qadri uchun.
Back to the list