Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (08-00dan : 16-00gacha)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)

20.06.2022 photo_2022-06-19_16-06-53.jpg


Azizlar, biz to‘g‘ri ovqatlanishning afzalliklari haqidagi sahifamizni davom ettiramiz.

Biz salomatligingiz to‘g‘risida doim qayg‘urish kerakligi hamda organizmning yetarli miqdorda foydali elementlar va vitaminlarni qabul qilishini nazorat qilish muhimligi haqida koʻp bora aytganmiz.

Bugun Akademik Toʻraqulov Y.X. nomidagi Respublika Ixtisoslashtirilgan Ilmiy-Amaliy Endokrinologiya Tibbiyot Markazi (Endokrinologiya Markazi) boʻlim boshligʻi, tibbiyot fanlari nomzodi, dietolog — Xodjayeva Nodira Vohidovna bilan birgalikda foydali nonushta uchun eng sevimli masalliqlardan biri — donli yormalar haqida soʻzlab beramiz.

Sutga boʻktirilgan yormalarni hayolingizga keltiring-a, ulardan nonushta uchun mazali boʻtqa yoki ikkinchi taom uchun ajoyib garnir tayyorlasangiz boʻladi...  Ushbu zaruriy donli yormalar B guruhi vitaminlari, oqsillar, uglevodlar, tolalar hamda aminokislotalardan iborat foydali vitaminlarning toʻliq majmuasini oʻz ichiga oladi  Yuqorida sanab oʻtilgan elementlar yordamida organizmingiz me'yorida faoliyat koʻrsata boshlaydi, ichak devorlari turli zararli shlaklar va toksinlardan tozalanadi, teri, soch va tirnoq umumiy holatlari yaxshilanadi. 

Suli — eng foydali donli ekinlardan hisoblanadi. Uning doni bizga ovqatdan soʻng uzoq vaqt davomida quvvatni saqlashga yordam beradi, emotsional holat me'yoriyligini ta'minlaydi, kayfiyatni yaxshilaydi. "Miya uchun ozuqa" - suli yormasi aynan shu nomga loyiq, chunki u miya faoliyatiga ijobiy ta'sir qiladi. 

Donli yormalarni kunlik ratsioningizga umumiy miqdorning 50%dan kam boʻlmagan miqdorda qoʻshish tavsiya etiladi  Grechka yormalari tarkibidagi B1 vitaminlari miqdori guruch tarkibidagidan bir necha marta, boshqa yormalardan esa 2-3 marta koʻproq. Joʻxori va arpa donlarida esa oqsillar, uglevodlar, yogʻlar va boshqa kerakli mikroelementlar talaygina. 

Donli yormalar yana qanday foydali xususiyatlarga ega? 
 qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi;
 tanada quvvat ishlab chiqarishda faol ishtirok etadilar;
xolesterin yigʻilmalari paydo boʻlishini oldini oladi;
yurak faoliyatini yaxshilaydi;
 tana ogʻirligini me'yorlashtiradi 
va yana koʻplab boshqa xususiyatlarga ega!

Korzinkalarimizda mazali hamda foydali donli yormalarni hoziroq xarid qiling hamda sogʻlom hayotga ilk qadamingizni qoʻying. 

"Makfa"  suli yormalari — 12 990 so‘m / 400 g;
"Makfa"  4 don yormalari — 13 990 so‘m /  400 g;
"Makfa"  5 don yormalari  — 15 490 so‘m / 400 g.

Sahifalarimizni kuzatib boring, foydali mahsulotlar haqida koʻproq ma'lumotlarga ega boʻling va salomat boʻling, azizlar!

Back to the list