Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (08-00dan : 16-00gacha)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)

20.06.2022
  O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Markaziy poliklinikasida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. 2022-yil 26-yanvardagi PQ 102-son “Endokrinologik xizmatni takomillashtirish va kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini bajarish maqsadida 2022-yil 18-iyun kuni Akademik Y.X. To‘raqulov nomidagi RIEIATM rahbariyati tomonidan Vazirlik markaziy poliklinikasida tibbiy ko‘rik tashkil etildi, unda Markazning yuqori malakali xodimlari, RIEIATM qoshidagi o‘quv markazi xodimlari va poliklinika shifokorlari ishtirok etdi.Tibbiy ko'rikda tor mutaxassislar bilan maslahatlashish, antropometriya, "prediabet va diabet uchun xavf omillari" anketasini to'ldirish, glikemiya darajasini aniqlash kiradi. Shuningdek, pediatriya endokrinologi tomonidan Ichki ishlar vazirligi xodimlarining bolalar kontingenti ko‘rikdan o‘tkazildi. Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tibbiyot xizmati shifokorlari va O‘zbekiston Respublikasi IIV Markaziy poliklinikasi xodimlari “Prediabet va qandli diabet kasalligini erta aniqlash”, “ Yod tanqisligi holatlari va diffuz toksik guatrning oldini olish” mavzularida ma’ruzalar tinglandi, klinik ko'riklar, mahorat darslari, tajriba almashish o'tkazildi. Hammasi inson qadri uchun.



photo_2022-06-18_22-24-49.jpg

photo_2022-06-18_22-24-44.jpg

photo_2022-06-18_22-24-47.jpg



  

Back to the list