29.06.2022
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni ijroda!
2021 yil 3 fevral kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining №PF-6155-son Farmoniga «2017 — 2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qoʼllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid DАVLАT DАSTURI qabul qilingan boʼlib, ushbu dastur doirasida Buxoro, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Xorazm va Fargʼona viloyatlari endokrinologiya dispanserlari, Qoraqalpogʼiston Respublikasi va Toshkent shahar endokrinologiya dispanserlari, akademik Y.X. Toʼraqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot Markazi bir qator zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlandi. Jumladan yuqorida koʼrsatilgan endokrinologiya muassasalariga 10 dona ekspert sinfga mansub kengaytirilgan kardiotoʼplamli ultra tovush apparati, 8 dona rentgengrafiya va flyuroskopiya uchun statsionar rentgen majmuasi, 9 dona koʼchma rentgen apparati, 47 dona 7 turdagi laborator analizatorlari, 31 ta oʼpkani suniy shamollatish apparati, 15 dona narkoz, anesteziya va nafas olish apparati va boshqalar yetkazildi.
Shu bilan hududiy endokrinologiya muassasalarida koʼrsatiladigan tibbiy xizmatlar soni koʼpaytirildi.
Bulardan tashqari Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevralь kunidagi №PF-6155-son Farmoni doirasida yuqorida koʼrsatib oʼtilgan hududiy endokrinologiya muassasalariga yuqori texnologik tibbiy asbob uskunalar yetkazilishi davom etmoqda.

Back to the list