08.07.2022
7 iyul kuni Y.X. To‘raqulov nomidagi RIEIATMda O‘zbekiston Milliy endokrinologlar assotsiatsiyasining gibrid formatdagi ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ilmiy seminar davomida xalqaro konferensiyalarda qatnashgan RIEIATM yetakchi xodimlari Xoliqova A.O., Alieva A.V., Tojieva I.M. tomonidan endokrinologiya sohasida olingan so‘nggi ma’lumotlar tinglandi. ToshPMI “Endokrinologiya va bolalar endokrinologiyasi” kafedrasi dotsenti Nosirova X.K. gipofiz bezi adenomasi bilan og‘rigan ayollarda homiladorlik davrida tug‘ilish modulyatorlarining roli haqidagi zamonaviy qarashlar haqida gapirdi. 4 avgust kuni O‘zbekiston Endokrinologlar milliy assotsiatsiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.