Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
13.07.2022 Kefirmi yoki ayron?  Bir piyola muzdekkina qatiqqa tobingiz qalay?

Azizlar, biz to‘g‘ri ovqatlanishning afzalliklari haqidagi sahifamizni davom ettiramiz.

Biz salomatligingiz to‘g‘risida doim qayg‘urish kerakligi hamda organizmning yetarli miqdorda foydali elementlar va vitaminlarni qabul qilishini nazorat qilish muhimligi haqida koʻp bora aytganmiz.

Bugun Akademik Toʻraqulov Y.X. nomidagi Respublika Ixtisoslashtirilgan Ilmiy-Amaliy Endokrinologiya Tibbiyot Markazi (Endokrinologiya Markazi) boʻlim boshligʻi, tibbiyot fanlari nomzodi, dietolog — Xodjayeva Nodira Vohidovna bilan birgalikda doim sevib iste'mol qilinadigan sutli mahsulotlar haqida soʻz yuritamiz

Kefir — goʻzal va kelishgan qomatga erishishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻyganlar uchun deyarli har kuni iste'mol qilinadigan mahsulot. Va bu bejiga emas! Sutli mahsulotlar, odatda, parhez tutishda keng qoʻllanilib kelinadi
Ular muhim aminokislotalar, A, B, D, PP, vitaminlari hamda bifido- va laktobakteriyalarga boy sanaladi. Aynan ushbu elementlar ovqat xazm qilish jarayonlariga, yurak-qon tomir, immun va asab tizimlariga oʻzining teng kelmas foydasini qoʻshadi

Sutli mahsulotlar, shuningdek, kalsiy va fosforga boy boʻlib, ular bola faol oʻsib, rivojlanishida hamda suyak va tishlar mustahkamlanishida muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham sutli mahsulotlar yosh bolalar menyusidan oʻzining ajralmas oʻrnini egallashi kerak

Sutli mahsulotlar yana qaday foydali xususiyatlarga ega?
oshqozon-ichak kasalliklari oldini oladi;
teri holatini yaxshilab, charchoqni chiqaradi;
mahsulotlar almashinuvini normallashtiradi;
viruslarga qarshi faol kushash olib boradi;
oshqozon, yoʻgʻon ichak va koʻkrak saratoni rivojlanish xavfini kamaytiradi

va boshqa koʻplab xususiyatlarga ega!

▫️"Sof In" kefiri (2,5%) — 9 990 soʻm / 900 g;
▫️"Доброе деревенское утро" ayroni (1%) — 4 490 soʻm /  300 ml.

Korzinkalarimizda mazali hamda foydali sutli mahsulotlarni hoziroq xarid qiling hamda sogʻlom hayotga ilk qadamingizni qoʻying

Sahifalarimizni kuzatib boring, foydali mahsulotlar haqida koʻproq ma'lumotlarga ega boʻling va salomat boʻling, azizlar!

Back to the list