Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
19.07.2022 Yurtimizda yod tanqisligiga qarshi kurashda mutaxassislar oldida qanday vazifalar turibdi?
Nasiba Аlimova,
akademik Y.Х. Toʼraqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bolalar ilmiy boʼlimi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi:
— Shu yilning 26 yanvaridagi “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va koʼlamini kengaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Prezident qarorida aholining kasallikka chalinish xavfi yuqori boʼlgan guruhlari, jumladan, bolalar, oʼsmirlar, homilador va emizikli ayollarni yod preparatlari bilan bepul taʼminlash orqali yod tanqisligi kasalliklarining samarali profilaktikasini taʼminlash boʼyicha alohida vazifalar belgilab berildi.
Bundan tashqari, doimiy monitoring orqali respublika aholisi oʼrtasida yod tanqisligi kasalliklariga chalinishni kamaytirish borasidagi quyidagi chora-tadbirlar muhim ahamiyatga ega:
Biologik muhit va tuz tarkibidagi yodni aniqlash boʼyicha ilmiy-epidemiologiya laboratoriyasini moliyalashtirish;
ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish uchun maqsadli grantlar ajratish;
barcha yosh va xavf guruhiga kiruvchi toifalarni chuqurroq tahlil qilish;
yod tanqisligini muvaffaqiyatli bartaraf etish uchun respublikada ishlab chiqarilayotgan, sotilayotgan va isteʼmol qilinadigan osh tuzini istisnosiz 100 foiz yodlashtirishni taʼminlash;
hududlarda isteʼmol qilinadigan yodlangan tuz ishlab chiqarish va sotishni qatʼiy tartibga solish va nazorat qilish;
“Oʼzbekiston Respublikasida yod tanqisligi kasalliklari profilaktikasi toʼgʼrisida”gi Qonunni amalga oshirish boʼyicha hududiy dasturlarni yaratish va amalga oshirish;
yodlanmagan tuz ishlab chiqarish uchun jarimalarni belgilash;
kontrabanda yoki texnik tuz savdo rastalariga kirib borishining oldini olish;
Yod tanqisligi kasalliklarining oldini olish boʼyicha muntazam targʼibot va tashviqot ishlarini olib borish.
Аlbatta, bu vazifalarni bajarish uchun xalqimiz salomatligi va taraqqiyotiga masʼul mutaxassislar bir yoqadan bosh chiqarib hamjihatlikda harakat qilishi kerak.

Back to the list