22.07.2022
2022-yil 26-yanvardagi PQ 102-son “Endokrinologik xizmatni takomillashtirish va kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini bajarish maqsadida 2022-yil 21-iyulda akademik Y.X. To‘raqulov nomidagi RIEIATM mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 190 dan ortiq xodimlari ortiqcha vazn, prediabet, qandli diabet va yod tanqisligi holatlari bo‘yicha skriningdan o‘tkazildi. Shuningdek, RIEIATM direktori t.f.d. To'raev F.F. 2022-yil 26-yanvardagi “Endokrinologik xizmatni takomillashtirish va kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 102-son PQning olti oy davomida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sogligini saqlash masalalari qo’mitasi bajarilishi to'g'risida hisobot taqdim etdi, so‘ng RIEIATM Endokrin kasalliklarni dasturlashtirilgan vazn yo‘qotish bilan reabilitatsiyasi bo‘limi mudiri Xodjayeva N.V. “Soglom ovqatlanish - salomatlik garovi” mavzusida ma’ruza qildi. Hammasi inson qadri uchun.