04.08.2022
Ham mazali, ham foydali uzumlar bilan yaqinlaringizni siylang!
Do‘stlar, biz to‘g‘ri ovqatlanishning afzalliklari haqidagi sahifamizni davom ettiramiz.
Biz salomatligingiz to‘g‘risida doim qayg‘urish kerakligi hamda organizmning yetarli miqdorda foydali elementlar va vitaminlarni qabul qilishini nazorat qilish muhimligi haqida koʻp bora aytganmiz.
Bugun Akademik Toʻraqulov Y.X. nomidagi Respublika Ixtisoslashtirilgan Ilmiy-Amaliy Endokrinologiya Tibbiyot Markazi (Endokrinologiya Markazi) boʻlim boshligʻi, tibbiyot fanlari nomzodi, dietolog — Xodjayeva Nodira Vohidovna bilan birgalikda hammamiz sevgan uzum haqida aytib beramiz
Biz doim sevib iste'mol qiladigan uzum har qanday desertdan afzalroq! Uning tarkibida foydali vitaminlar serob: B, C, E, P guruhlari, А provitamini, kaliy, mis va resveratrol
Shu bilan birga sharbatli uzum donalari shifobaxsh xususiyatlarga ham ega! U sizning immunitetingizni mustahkamlaydi, arterial qon bosimi, asab tizimi, miya, yurak va tomirlar faoliyatini me'yorlashtiradi
Betakror oq uzum — eng kam kaloriyaga ega nav: 100 g. uzumda 43 kaloriya mavjud. Shiraliroq va mazaliroq qizil navli uzumning 100 grammida 64 kaloriya bor. Uzumlar orasida eng kaloriyaga boy qora navli uzum, shuningdek E vitaminiga ham boy sanaladi
Uzum yana qanday foydali xususiyatlarga ega?
organizmni viruslar hujumidan asraydi;
buyrak va jigar uchun profilaktik ta'sir o‘tkazadi;
asab tizimi faoliyatini yaxshilaydi;
farzand ko‘rishga ijobiy ta'sir qiladi;
hujayra yangilanishida ishtirok etadi
va boshqa yana koʻplab foydali jihatlari bor!
Korzinkalarimizda turli navdagi shirindan shakar uzumlarni hoziroq xarid qiling
▫️"Rizamat" mahalliy uzumi — 19 990 so‘m / kg.
Toʻgʻri ovqatlanish mavzusidagi sahifamizni kuzatib boring hamda foydali mahsulotlar haqida koʻproq ma'lumotga ega boʻling! Salomat boʻling, azizlar!
#SogʻlomOvqatlanish (
https://telegra.ph/file/78d023d7bad886f6f0225.jpg)