Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
16.08.2022 Azizlar, biz to‘g‘ri ovqatlanishning afzalliklari haqidagi sahifamizni davom ettiramiz.

Biz salomatligingiz to‘g‘risida doim qayg‘urish kerakligi hamda organizmning yetarli miqdorda foydali elementlar va vitaminlarni qabul qilishini nazorat qilish muhimligi haqida koʻp bora aytganmiz.

Bugun Akademik Toʻraqulov Y.X. nomidagi Respublika Ixtisoslashtirilgan Ilmiy-Amaliy Endokrinologiya Tibbiyot Markazi (Endokrinologiya Markazi) boʻlim boshligʻi, tibbiyot fanlari nomzodi, dietolog — Xodjayeva Nodira Vohidovna bilan birgalikda mavsumning ajoyib yangiligi, barchamiz birdek sevib iste'mol qiladigan baqlajonning xususiyatlari haqida soʻzlashamiz.

Baqlajon — har bir bekajonning oshxonasida keng foydalaniladigan, nafaqat mazali ta'mi, balki foydali xususiyatlari uchun ham sevib iste'mol qilinadigan mahsulot. U oziq-ovqatdan tashqari xalq tabobati hamda yuz va teri parvarishida ham keng qoʻllaniladi.

Baqlajon chekishni tashlashga ham yordam beradi. Uning tarkibidagi nikotin kislotasi tamaki mahsulotlaridan oʻzingizni tiyishga koʻmaklashadi. B vitaminiga boy oʻsimlik asab tizimiga ijobiy ta'sir qiladi, miya faoliyatini me'yorlashtiradi, xotirani mustahkamlaydi. Uning tarkibidagi ozuqa moddalar xolesterin miqdorini kamaytirib, eritrotsitlar ishlab chiqarilishini ta'minlaydi va shu orqali qon tarkibini yaxshilaydi.

Baqlajon yana qanday foydali xususiyatlarga ega?
teri uchun zaruriy antioksidant va kollagenlar manbayi;
tarkibida 50dan ortiq minerallar mavjud;
Kaliy — yurak faoliyatini ta'minlaydi, organizmda tuz va suv me'yorini nazorat qiladi, shishni keltirib chiqaruvchi ortiqcha natriyni haydaydi;
Kalsiy — suyak toʻqimalarini mustahkamlaydi va ularning oʻsishida buzilishlarning oldini oladi;
Kremniy — qon tomirlarining elastikligini ta'minlaydi;
Mis — temir moddalarini gemoglabinga aylantirishga xizmat qiladi

Foydaga boy mahsulotni Korzinkalarimizda hoziroq xarid qiling

▫️Baqlajon — 3 490 soʻm / kg;
▫️Baqlajon, dumaloq — 5 990 soʻm / kg.

Sahifalarimizni kuzatib boring, foydali mahsulotlar haqida koʻproq ma'lumotlarga ega boʻling va salomat boʻling, azizlar!

#SogʻlomOvqatlanish

Back to the list