Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
23.08.2022 Bolalarni qandli diabetdan himoya qilish uchun nima qilish kerak?
Qandli diabet yildan yilga yasharib bormoqda. Bu dardga chalinganlar orasida yosh bolalar, hatto chaqaloqlar ham borligi xavotirli holat.
Mutaxassislarning bu tashvishida asos bor. Chunki hayotining ilk yillaridayoq farzandining bunday hastalikka chalinishini hech bir ota-ota xayoliga keltirmaydi. Аmmo tibbiy xulosalar buning aksini isbotlab turibdi.
— Xastalikning ushbu turi bolalar va oʼsmirlar orasida eng koʼp tarqalgan endokrin kasallik hisoblanadi, — deydi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Bolalar ilmiy boʼlimi mudiri Nasiba Аlimova. — Bu dard bilan xastalanish darajasi geografik joylashuv, iqlim sharoiti va atrof-muhit omillariga qarab sezilarli farq qiladi.
Organizmda insulin yetishmovchiligi hisobiga bemorlarda tez-tez peshobga chiqish, koʼp miqdorda suyuqlik ichish, holsizlik, ozib ketish kabi ilk belgilar namoyon boʼladi.
Farzandida shu kabi alomatlarni oʼz kuzatgan ota-onalarning koʼpchiligi diabet haqida oʼylashmaydi. Oilaviy shifokorga murojaat qilishganda ham, agar bola organizmidagi qand miqdori oʼlchanmasa, bu kasallik haqida xulosa qilish qiyin boʼladi.
Oqibatda bemor birlamchi tibbiyot muassasasidan endokrinolog qabuliga yetib kelguniga qadar koʼp vaqt yoʼqotiladi. Shu tufayli uning ahvoli oʼta ogʼir darajaga yetib borishini ham kuzatish mumkin.
Shu sababli hozir Endokrinologiya markazi birlamchi tibbiyot muassasalari xodimlari bilan yaqin hamkorlik oʼrnatib, ularga bolalar yuqoridagi belgilar bilan tibbiyot muasasalariga murojaat qilganda, dastlabki tibbiy koʼriklar qatorida qondagi qand miqdorini oʼlchashni ham tavsiya qilib kelmoqda.
Odatda normal qand miqdori 3.3 dan 5.5 mmolgacha boʼlib, uning bu koʼrsatkichdan oshishi kuzatilsa, mutaxassis bemorni endokrinolog qabuliga yoʼnaltirishi lozim.
Shundagina bolada qandli diabet asoratli kechishining oldi olinib, uning faol hayotga qaytishi tezlashadi.
Qandli diabet bilan ham toʼlaqonli hayot kechirish mumkin. Bu kasallikning oʼzi emas, asoratlari xavfli hisoblanadi. Bundan himoyalanish uchun ota-onalardan farzandining kundalik faoliyati va ovqatlanish ratsioniga eʼtiborli boʼlishlari talab etiladi.
Sogʼlom turmush tarzi, turli xil sport turlari bilan shugʼullanish, kompьyuterdan meʼyorida foydalanish, shu bilan birga, oʼz vaqtida emlanish zarur.
Sogʼliqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.

Back to the list