Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
24.08.2022
2022-yil 23-avgust kuni JSST missiyasi “O‘zbekistonda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida Yuqumsiz kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish imkoniyatlarini yaxshilash” loyihasi doirasida akademik Y.X. To‘raqulov nomidagi RIEIATMga tashrif bilan Milliy ishchi guruhi va Muvofiqlashtiruvchi kengash bilan uchrashdi. Missiya qandli diabetning oldini olish va davolash, oyoq va ko‘z kasalliklarini davolash, ro‘yxatga olish va hisobini yuritish bo‘yicha ishlarni tashkil etish bilan tanishdi, Davlat registri, “Qandli diabet maktabi”, shuningdek, xalqaro ekspertlar ishtirokida o‘tkazilgan terapevtik ta’lim bo‘yicha seminarda ishtirok etdi. JSST missiyasining tarkibi: Dr. Jill Farrington, Mintaqaviy idora, yurak-qon tomir kasalliklari va diabet bo'limi; Dr. Elena Tsoy, Mintaqaviy idora, Texnik xodim, Yuqumsiz kasalliklar bo'limi; Prof. Joao Filipe Raposo, JSST maslahatchisi, Portugaliya diabet assotsiatsiyasining klinik direktori, Nova tibbiyot maktabi professori, Lissabon, Portugaliya; Dr. Nazokat Kasimova, Texnik xodim, Yuqumsiz kasalliklar bo'limi, JSST mamlakat idorasi.

photo_2022-08-23_17-51-45 (3).jpgphoto_2022-08-23_17-51-46 (4).jpgphoto_2022-08-23_18-18-37.jpgphoto_2022-08-23_18-18-34.jpgphoto_2022-08-23_18-08-24 (2).jpgphoto_2022-08-23_18-08-24.jpg

Back to the list