Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
10.09.2022
Inson qadri uchun! Buxoro viloyatida ikkinchi kun.
2022-yil 9-sentabr kuni Akademik Y.X. Toʼraqulov nomidagi RIEIATM xodimlari tomonidan Buxoro shahridagi 74-sonli bogʼcha tarbiyalanuvchilari va 22 ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi ukuvchilarini skrining tekshiruvidan oʼtkazish davom ettirildi. Bolalar yod tanqisligi, ortiqcha vazn, boʼyi pastligi va boshqa endokrin kasalliklar boʼyicha tibbiy koʼrikdan oʼtkazilib, jismoniy va jinsiy rivojlanishi baholandi.
Umumiy amaliyot shifokorlari va hamshiralar uchun Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligining bosh pediatriya endokrinologi, t.f.n. Alimova N.U. va RIEIATM ilmiy kotibi t.f.n. Sadiqova A.S. semizlik, diabet oldi xolati va yod tanqisligining oldini olish va davolash boʼyicha maʼruzalar tingladi.
RIEIATM va Buxoro davlat tibbiyot instituti oʼrtasidagi hamkorlik memorandumi doirasida Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligining bosh bolalar endokrinologi, t.f.n. Alimova N.U. BDTI talabalari uchun “Orfan kasalliklar” va “Tugʼma gipoterioz” mavzularida maʼruzalar tinglandi.
7.jpg12 (3).jpg3 (2).jpg18 (2).jpg11 (3).jpg21 (3).jpg

Back to the list