12.09.2022
Jizzax viloyati Arnasoy tumanida 102-sonli PQ ijrosi monitoringi o‘tkazildi. Oilaviy shifokorlar va patronaj hamshiralar malakasini oshirishdan so‘ng (fevral-mart) 2022-yil apreldan boshlab tumandagi 47 ming aholidan 57 foizi (40 yoshdan oshgan aholining 8000 nafari allaqachon skrining tekshiruvidan o'tgan (14 ming aholi), 119 nafar bemorda QD2 birinchi marta, 2035 nafarida premorbid holatdagi ortiqcha vazn aniqlangan. KTMPda bemorlarni birlamchi tekshirish xonasi mavjud, “bir kunlik statsionar”ning ikkita xonasi ochilib, u yerda yangi tashxis qo‘yilgan bemorlarga birlamchi yordam ko‘rsatiladi va tavsiyalar beriladi. “Qandli diabetning oldini olish, salomatlik va to‘g‘ri ovqatlanish” maktabi tashkil qilindi va faoliyat ko‘rsatmoqda, unga patronaj hamshiralar jalb etilgan. Patronaj hamshiralar faoliyatini yaxshilash maqsadida avvalgi tuman hokimi Berdiboev Jamoliddin Abdug‘aniyevich (25 birlik) va hozirgi tuman hokimi Xurshid Shukurullaevich Alimardonovlar (35 birlik) tomonidan 60 ta velosiped transporti sovg‘a qilindi, bu ham Arnasoy tumani aholisi o‘rtasida “sog‘lom turmush tarzi”ni targ‘ib qilishga xizmat qiladi. KTMP rahbari Abdusattarova Muxxabat Atabekovnaga, oilaviy shifokorlar faoliyati koordinatori Abdualimova Nasiba Xalilovnaga, bosh hamshira Mamarasulova Feruza Umurzakovnaga, Jizzax endokrinologiya dispanserining kurator-endokrinologi Mustafoqulova Nigora Botirbekovna va Arnasoy KТMPnng butun jamoasiga el salomatligi yo'lida sidqidildan amalga oshirayotgan fidokorona mehnat uchun minnatdorchilik bildiramiz.





Back to the list