14.09.2022
12 sentabr kuni Akademik Y.X. To‘raqulov nomidagi RIEIATMda MAGATE mutaxassislari Geynrix Kristof Samba va Pellet Oliver Jak bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Nuklear tibbiyotining rivojlanishi va uni qo‘llash imkoniyatlari muhokama mavzusi bo‘ldi. Muzokaralar chog‘ida MAGATE RIEIATMda yangi nuklear tibbiyoti binosini qurish, radiologlarning malakasini oshirishga ko‘maklashishiga qaror qilindi. Shuningdek, MAGATE mutaxassislariga Nuklear tibbiyoti departamenti va bemorlarni davolashda foydalaniladigan asboblar ko‘rsatildi.