Inson qadri uchun !
Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Endokrinologiya RIEIATM mutaxassislari Qoraqalpog‘iston endokrinologiya dispanserida bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazdi va maslahat berdi. Tashrif davomida t.f.n jarroh-endokrinolog t.f.n Alimdjanov N.A. Qoraqalpog‘iston Respublikasi endokrinologlari uchun qalqonsimon bez patologiyasi, tireotoksikoz va paratiroid kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni jarrohlik amaliyotiga tayyorlashga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi. Seminar interaktiv tarzda o‘tdi, ko‘plab savollar berildi, har biriga to‘liq javob berildi.



