21.09.2022
Inson qadri uchun!
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani Qipchoq shaharchasida 102-sonli PQ ijrosi monitoringi o‘tkazildi.Yanvar-fevral oylarida oilaviy shifokorlar va patronaj hamshiralar, 2022-yil mart oyidan esa endokrinologlar bilan birgalikda o‘qitildi. Abdullaev Djumabay Urazimbetovich va RKK endokrinologiya dispanserining kurator-endokrinologi Terniyazov Bekbulat Jenisbayevich, balllik soʻrovnomasi orqali (Akademik Yo.X.Toʻraqulov nomidagi RIEIATMda ishlab chiqilgan), 6981 nafar 40 yoshdan oshganlar (ulardan 25 594 Qipchoq shahrining axolisi) soʻrovda 6667 kishi (95,5%) qamrab olingan. Ulardan 3 341 nafari sog‘lom guruhga (9 balldan kam), 2793 nafari qandli diabet (9-11 ball), 375 nafari (12-14 ball), 152 nafari nisbiy xavf guruhiga to‘g‘ri keldi qandli diabet uchun yuqori xavf guruhida edi (14 balldan yuqori).So'rovnomani to'ldirgan 527 kishi (3 va 4-guruhlar) orasida 150 nafarida qondagi qand miqdori o'lchandi, ulardan 17 nafarida (11%) birinchi marta QD2 tashxisi qo'yilgan. So'rovdan o'tkanlarning 2793 nafari ortiqcha vaznga ega. Shuningdek, 1 ta oilaviy poliklinika ochiq va faoliyat ko'rsatmoqda: bemorlarni birlamchi ko'rikdan o'tkazish xonasi, 10 o'rinli (4+4+2) “bir kunlik shifoxona”ning 3 ta bo'limi, ko'riklar, birlamchi tibbiy yordam va rejalashtirilgan ambulator qabullar taqdim etiladi. Bu yangiliklar aholi tomonidan ijobiy baholanmoqda. Oilaviy poliklinika mudiri Rustam O‘rinboyevich Kidirboyev, oilaviy shifokor Gulmanova Kamunna Jumabayevna, katta hamshira Roziya Yo‘ldoshevna Matyakubova va Amudaryo TTB RKK butun jamoasiga xalq farovonligi yo‘lida olib borayotgan mehnatlari uchun katta RAHMAT.



Back to the list