21.09.2022
Inson qadri uchun!
20 sentyabr kuni Akademik Yo.X.To'raqulov nomidagi Endokrinologiya RIEIATM mutaxassislari Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholiga yordam berishda davom etdi. Qandli diabetning yiringli asoratlari bo'lim mudiri, tibbiyot fanlari doktori Kamolov T.T. qandli diabet asoratlari bilan og‘rigan bemorlar tekshirilib, qandli diabetning yiringli asoratlari bo‘yicha 7 ta operatsiya o‘tkazildi. Bemorlarni tekshirish jarayonida 20 yillik qandli diabet bilan og'rigan, diabetning ko'plab asoratlari bo'lgan bemor jarrohlik amaliyotiga olib ketildi. Barcha skrining tadbirlari qandli diabetning oldini olish va erta aniqlash, shuningdek, og‘ir asoratlarning oldini olish uchun bemorlarni davolashni erta boshlashga qaratilgan.