23.09.2022
Qoraqalpog‘iston Respublikasi. Uchinchi kun. Bugun, 2022-yil 22-sentyabr, Akademik Yo.X.To'raqulov nomidagi RIEIATM va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tibbiyot instituti O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining oʻrtasida “Oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida memorandum” doirasida “Sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligini oshirish markazi” bilan hamkorlikda talabalar, klinik ordinatorlar, oilaviy shifokorlar va endokrinologlar uchun ma’ruzalar o'qildi. Ma’ruza mavzulari: “Kalsiy almashuvi va uning gormonal tartibga solinishi. Osteoporoz” (t.f.n. Abbosxodjaeva L.S., RIEIATM Endokrinologiya diabetologiya laboratoriyasi katta ilmiy xodimi); “Fosfor-kaltsiy almashuvining buzilishi.Osteoporoz: tashxis, davolash” (t.f.d.Alixanova N.M., Sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligini oshirish markazi direktori); "Diabetik retinopatiya: klinik va genetik jihatlar" (t.f.n. Akramova G.G., RIEIATM Endokrinologiya diabetologiya laboratoriyasi katta ilmiy xodimi). Ma’ruza mavzulari muhokamada katta qiziqish uyg‘otdi va tinglovchilarda savollar tug‘ildi. Hammasi inson qadri uchun.