Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (08-00dan : 16-00gacha)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)

26.09.2022
 Respublika Ixtisoslashtirilgan Endokrinoligiya Ilmiy-Amaliy Tibbiyot Markazi Namangan filiali xodimlari, Namangan viloyati Sog'liqni saqlash boshqamasining 2022 yil 
30 avgustdagi №06-04357-sonli ko'rsatma xatiga asosan Mingbuloq tumaniga tashrif buyurib quydagi ishlarni amalga  oshirdilar;
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil
26 yanvardagi “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko'lamini kengaytyirish chora -tadbirlari to'g'risida”gi PQ -102 sonlo Qaror ijrosini o'rganilganda, 8-OPda shifokor oldi xonasi jihozlangan , tarozi , pul'soksimetr, tonometr, fonendoskop, santimetr lenta, glyukometr, bo'y o'lchagich, stetoskop, qandli diabetga tekshirilganlarni qayd etish jurnali, kelgan bemorlarni qayd etish  jurnallari yuritilgan. Bino  ichkarisida, zalda bemorlarga ko'rinarli joyda diabetik maktabi pa'nolar ilingan.
Migbuloq TTBga qarashli 8-OPda 5 nafar endokrinologlar L.Boymirzayev, SH.Ergashev, А.Obidov, G.Karimova, Т.Raxmonov,
1 nafar xirurg R.Zoxidovlar tayyorlab qo'ylgan xonalarga joylashib “Dispanser” nazoratidagi , xolati murakkab bo'lgan bemorlarni tibbiy ko'rikdan o'tkazdilar. Bundan tashqari jami kun davomida 258 nafar fuqarolar tibbiyt ko'rikdan o'tkazildi. Shuningdek 6 nafar yotib qolgan bemorlar uyiga borib tekshiruvdan o'tkazildi. Ularga kerakli tavsiya va maslaxatlar berildi .
Mingbuloq tumani 8-OPda 40 yoshdan yuqori axolini skriningdan o'tkazish bo'yicha  tarmoq reja  ishlab chiqilgan. barcha DPMlarda o'zlarining, oilaviy shifokorlar va patronaj xamshiralar tomonidan tarmoq rejalari ishlab chiqilgan . Tumanda jami  40 yoshdan oshgan fuqarolar soni 43515 nafarni tashkil etib, 916 nafar endokrin tizimi kasalliklarini qo'shmagan xolda skrining rejasi maxallalar va DPMlar kesimida aprel - dekabr oyiga xar oyga tarmoq reja ishlab chiqilgan . Xususan; 8-OPda jami axoli 15292 nafar , shundan 40 yoshdan oshgan  fuqarolar soni 7879 nafar, undan skriningdan o'tish lozim 7618 nafar aholi rejalashtirilgan. 8-OPda bugungi kunga qadar 4149 nafar axoli skrining tekshiruvlaridan o'tkazilgan. Kun davomida 108 nafar 40 yoshdan oshgan sog'lom fuqarolarni endokrinologik skrining tekshiruvidan o'tkazilib, 15 nafarida “Diabet oldi xolati” aniqlandi, 11 nafarida “birlamchi qandli diabet” kasalligi aniqlanib, “D” nazoratka olindi. Ambulator kartalar ko'rilganda RIEIATM tomonidan  tavsiya qilingan skrining tekshiruv varaqalari yopishtirilgan. Skrining varaqalari to'g'ri to'ldirilgan. Ball qo'yish tizimi to'g'ri baxolangan. Skrining tekshiruvlari bo'yicha algoritm to'g'ri tashkil etilgan. Xususan , bemorlarda baxolashda 12 baldan yuqori to'plagan fuqarolarni qondagi qand miqdorini tekshiruviga  yo'naltirilgan. Qondagi qand miqdori yuqori chiqqan bemorlarni tuman endokrinologogiga ko'rikka yuborilgan.
8-OPning “Laboratoriya” bo'limi o'rganilganda  klinik va bioximik taxlillar (umumiy qon va siydik taxlili, koagulogramma, mikroelementlar taxlili, ALT, AST, bog'langan va bog'lanmagan bilirubin , qondagi qand miqdori va xokazo) FEK analizatorlarda
 o'tkazilmoqda.

photo_2022-09-24_17-27-15.jpgphoto_2022-09-24_17-27-17.jpg

Back to the list