06.10.2022
Inson Qadri Uchun!
Qashqadaryo viloyati Pomuq tumani
Pomuqda "Tibbiyotdagi islohotlar — Inson qadri uchun" aksiyasi doirasida tibbiy koʻrik oʻtkazilmoqda.
Qashqadaryo viloyati hokimligi va Sogʻliqni saqlash boshqarmasi hamkorligida viloyatning olis chegara hududida "Tibbiyotdagi islohotlar — Inson qadri uchun" aksiyasi tashkil etilib, aksiya doirasida tajribali mutaxassislar tomonidan koʻrik oʻtkazilmoqda.
Mirishkor tuman Pomuq shaharchasidagi tuman poliklinkasida Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali mutaxassislari tomonidan qandli diabet va buqoq kasalliklari boʻlgan bemorlar, Kardiologiya markazi mutaxassislari tomonidan yurak ishemiya, yurak tugʻma nuqsoni, gipertoniya va kardiomiopatiya kasalliklari boʻlgan bemorlarni koʻrikdan oʻtkazib, kerakli maslahatlarni berishmoqda.



Back to the list