31.10.2022
2022 yil 26 yanvardagi 102-sonli “Endokrinologik xizmatni takomillashtirish va kengaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Prezident Qarori ijrosi doirasida 29-30-oktyabr kunlari Toshkent shahrida qandli diabet bilan kasallangan bemorlar terapevtik taʼlim maktabi (Moskva, Rossiya) xalqaro ishtirokida seminar-maktab oʼtkazilmoqda. Mazkur oʼquv tadbirida Oʼzbekiston Respublikasi hududiy endokrinologik dispanserlari endokrinologlari, hamshiralari tayyorgarlikdan boʼlib oʼtmoqda. Ular keyinchalik oilaviy shifokorlar va patronaj hamshiralar uchun trener faoliyatini bajaradilar. Seminar-maktab Rossiyaning yetakchi endokrinologlari t.f.d. Mayorov A.Y. va t.f.n. Melnikova O.G. tomonidan olib borilmoqda. Seminar-maktab Akademik Y.X. Toʼraqulov nomidagi RIEIATM (Faxrutdinova S.S.), Federal davlat byudjet muassasasi Rossiya Sogʼliqni saqlash vazirligining Milliy tibbiyot endokrinologiya ilmiy-tadqiqot markazi (Myorov A.Y.) tomonidan “Medol” (Oʼzbekiston Respublikasi) koʼmagida tashkil yetildi.