31.10.2022
2022 yil 26 yanvardagi 102-sonli “Endokrinologik xizmatni takomillashtirish va kengaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Prezident Qarori ijrosi doirasida 29 oktyabr Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida Y.X. Toʼraqulov nomidagi RIEIATM reproduktiv endokrinologiya boʼlimi mudiri Uzbekov K.K. gipogonadizm va ratsional testosteron terapiyasi boʼyicha maʼruzalar oʼqidi. Maʼruzada endokrinologlar, urologlar, terapevtlar ishtirok etishdi. Shuningdek, viloyat endokrinologiya dispanseri sharoitida qalqonsimon bez patologiyasi bilan ogʼrigan bemorlar koʼrikdan oʼtkazildi.

Back to the list