“Endokrinologik xizmatni takomillashtirish va kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022-yil 26-yanvardagi 102-son GD qarorini bajarish maqsadida 2022-yil 10-noyabrdagi Akademik Yo.X.To‘raqulova nomidagi RIEIATMarkazining xodimlari Navoiy shahridagi uyushgan kontingent orasida endokrin kasalliklarni erta aniqlash uchun skrining o‘tkazildi(25-sonli bolalar bog‘chasi, 8-maktab). 196 nafar bola yod tanqisligi, ortiqcha vazn, past bo‘y va boshqa endokrin kasalliklar bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, jismoniy va jinsiy rivojlanishi baholandi. Shuningdek, Navoiy shahar KTMPda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh pediatri endokrinologi, t.f.n. Alimova N.U. somatotropik yetishmovchilik va xromosoma kasalliklari bo'lgan bolalarning pediatrik endokrinologlari bilan qo'shma maslahatlashuvlar (master-klass) o'tkazildi.