05.01.2023
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida 2023-yilni “Inson haqida g‘amxo‘rlik va sifatli ta’lim yili” deb e’lon qilishni taklif qildi. Va bu shuni anglatadiki, ta'lim nafaqat tor yo'nalishni, balki yoshlarning madaniy va ma'naviy tarbiyasini ham o'z ichiga olishi kerak. Qadim zamonlardan buyon shifokorlar ziyolilarga mansub bo'lgan - nafaqat o'z kasbini bilgan, balki madaniyat va ma'rifat sohasida ham bilim olishga intilgan. Zero, ma’naviy boy jamiyat davlat ravnaqining garovidir. Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIEIATMda yoshlar ta’lim-tarbiya olmoqda, ular ongiga nafaqat kasbiy ko‘nikmalarni singdirib, balki dunyoqarashini kengaytirmoqda. Shu munosabat bilan, yangi yil arafasida RIEIATM Klinik ordinatorlari "Van Gog bo'lish" raqamli ko'rgazmasiga tashrif buyurishdi.
Inson qadri uchun!
Video: