08.01.2023
Inson qadri uchun!
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvardagi “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko'lamini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi № PQ-102 sonli qarori doirasida , Akademik Yo.X.To'raqulov nomidagi Respublika Ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya Ilmiy-Amaliy Tibbiyot Markazining yangi qurilayotgan binosida zamonaviy talablar asosida zarur yo'nalishdagi bo'limlarni, shuningdek, maxsus laboratoriyalarni yaratishni nazarda tutgan xolda qurilish ishlari olib borilmoqda va tibbiy texnikalar bilan jixozlanishi ta'minlanmoqda. Jumladan bugungi kunda bosh, oyoq-qo'llar, yurak va tananing qisimlarining qon tomirpatologiyalarini tashxislash uchun mavjud bo'lgan usullardan eng ishonchli, aniq asosiysioxirgi avlod toifasiga kiruvchi Philips Medical Systems (Niderlandiyada, 2022 y) kompaniyasining angiografiya tizimi, endokrin va boshqa bir qancha kasalliklarni fizioterapevtik davolanish to'plami (gidroterapiyayordamida reabilitaciya qilish, davolash jarayonini yengillashtirish, dori vositalarining ta'sirini yaxshilash va og'riqlarni kamaytirish) BTL Medical Technologies (Slovakiya, 2022 y.) kompaniyasining, 6 ta gidroterapevtik vannalar, tabbiyotda qo'llaniladigan umumiy va mikroxirurgiya asboblari, optik aksesuarlarni, optik tolali kabellarni, zondlar va sensorlarni, qattiq va yumshoq endoskoplarni past xaroratda zararsizlantirish, Shinva Medical Instruments kompaniyasining (Xitoy, 2022 y.), 3 ta 130 litr sig'imli plazmenniy sterilizator yetkazildi va joyiga montaj qilinishi uchun tayyor. Qurilish davom etayapti.









Back to the list